Ekvadorda 17 aprelga o‘tar kechasi yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 413 nafarga yetdi. Bu haqida hukumat vakillariga asoslanib, Reyter agentligi ma'lum qildi.
Oxirgi xabarlarda zilzila tufayli 350 kishi hayotdan ko‘z yumganligi haqidagi xabar berilgandi.
17 aprelga o‘tar kechasi Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi. AQSh Geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi sohilbo‘yidagi Muisne shahridan 27 km uzoqlikda sohilbo‘yida joylashgan bo‘lgan. Mamlakatning 6 ta viloyatida favqulodda vaziyat tartibi kiritildi.
Zilzila markazidan 300 km uzoqlikda bo‘lgan Guayakile shahridagi ko‘prik qulagan. Poytaxt Kitoda elektr ta'minot va telefon aloqasi izdan chiqqan.
Jabrlanganuvchilarga yordam ko‘rsatish uchun turli hududlarga 10 ming harbiy va 3,5 ming politsiyachi jo‘natilgan.