Rossiyaning Voronej tumanida yashovchi avtobus haydovchisi turmushga chiqdi. U o‘z to‘yini o‘zi haydaydigan avtobus salonida nishonladi. Bu haqda “Moyo Online” xabar bergan.
28 yoshli Janna Volgina shaharda qatnovchi “14v” avtobus yo‘nalishida ishlaydi. U o‘zining bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Konstantin Lepyoxin bilan 2015 yilning 9 may kuni tanishdi.
To‘yni avtobus salonida nishonlash fikri Volginaning do‘sti va hamkasblaridan chiqdi. Yoshlar bu fikrga qo‘shilgan va o‘zlari avtobus salonini bezatishgan.