Amazon Germaniyada aeroport sotib olishi mumkin

Jahon 16:00 / 19.04.2016 1005

Internet-gigant vakillari zarar ko‘rayotgani tufayli sotuvga qo‘yilgan Frankfurt-Xan aeroporti ma'muriyati bilan muzokaralar o‘tkazishdi. Bu haqida Sueddeutsche Zeitung gazetasi hamda logistika sanoatining Lloyd's Loading List veb-tarmog‘i xabar beradi.

Muzokaralarda gap nima haqida borgani va uning natijalariga doir ma'lumot berilmadi, ammo salohiyatli anonim xaridorlardan uch taklif tushgani ayon, shuning uchun bitim imzolanishiga uzoq vaqt qolmadi.

Germaniya aeroporti Amazon uchun butun Yevropa bo‘ylab xizmat qiladigan muhim tranzit markazi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bu Amazon uchun logistika va yuk tashishning to‘laqonli xizmatlarni yo‘lga qo‘yish uchun hal qiluvchi bosqichdir, ba'zi mutaxassislarning fikricha, buning natijasida FedEx va UPS kabi tashuvchilar bilan raqobatlashish mumkin.

O‘tgan oy Amazon AQShga 1-2 kun ichida tovarlar yetkazib berish imkoniyatini ta'minlash maqsadida 20ta Boeing 767 avialayneri ijarasi uchun bitim tuzdi.

Ko‘proq yangiliklar: