2016 yilda O‘zbekistonda 4 mln tonna meva-sabzavot yetishtiriladi

O‘zbekiston 15:47 / 19.04.2016 1969

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 aprel kuni e'lon qilingan “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka va poliz ekinlaridan foydalanish va ularni sotib olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan, joriy yilda davlat buyurtmasi asosida 4 mln tonna meva-sabzavot hosili yig‘ib olinadi.

Shundan “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi korxonalarida qayta ishlash uchun 2,2 mln tonna meva-sabzavot yuboriladi. Qishki mavsum uchun “O‘zbekoziqovqatzaxira” assotsiatsiyasi omborxonalariga hosilning 360 ming tonnasi jo‘natiladi. “O‘zagroeksport” tashqi savdo kompaniyasi vositasida 1,4 mln tonnadan ortiq meva-sabzavot xorijga eksport qilinadi.

2015 yili Iqtisodiyot vazirligi rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 10128,1 ming tonna sabzavot, 1853,1 ming tonna poliz mahsulotlari, 2746,2 ming tonna meva, 1579 ming tonna uzum yetishtirilgan.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston yiliga o‘rtacha 550-600 ming tonna meva-sabzavot eksport qilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: