19 aprel - joriy taqvim bo‘yicha 2016 yilning 109-kuni

Jamiyat 09:57 / 19.04.2016 2005

VOQeALAR:

1995 yil. «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyati qurilishi akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni e'lon qilindi.

2010 yil. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Rossiya federatsiyasiga ikki kunlik rasmiy tashrifi boshlandi.

1935 yil — Moskvaning «Spartak» sport jamiyatiga asos solindi.

1970 yil — Volga avtozavodida VAZ-2101 avtomobilining birinchi nusxasi konveyrdan chiqdi.

BUGUN TUG‘ILGANLAR:

1795 yil — nemis biologi, mikropaleontologiiya asoschisi Kristian Gotfrid Erenberg (Christian Gottfried Ehrenberg),

1801 yil — fizik va faylasuf, psixofizika asoschisi Gustav Teodor Fexner (Gustav Theodor Fechner),

1832 yil — ispan adibi, Nobel mukofoti sohibi Xose Echegaray-i-Eysagirre (Jose Echegaray y Eizaguirre),

1912 yil — amerikalik fizik-kimyogar, plutoniy kashfiyotchisi, Nobel mukofoti sohibi Glenn Teodor Siborg (Glenn Theodore Seaborg),

1972 yil — braziliyalik mashhur futbolchi, jahon chempioni Rivaldo,

1987 yil — iqtidorli rus tennischisi Mariya Sharapova.

Ko‘proq yangiliklar: