Kelajakda smarfonlarning himoya g‘iloflariga bugungi kundan-da ko‘proq talab ortishi mumkin. Microsoft Research tadqiqot bo‘limi Avstriya amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda g‘ilofning yangi ko‘rinishini ishlab chiqmoqda. Bu qoplama Lumia mobil apparati bilan o‘zaro ta'sirga kirishishi uchun kam quvvat yeydigan qo‘shimcha moslashuvchan ekran bilan jihozlangan. Smartfon uchun ikkinchi yordamchi displey esa yangi emas. Shuningdek, ikki displeyli YotaPhone smartfoni ham mavjud bo‘lib, biroq Redmond dasturchilari orqa tomonda ham ikkinchi ekran joylashgani qulay emasligini ta'kidlashmoqda.
Agar har ikkala displey ham ko‘z oldingizda bo‘lsa, bu boshqa gap. Loyiha mualliflarining g‘oyasi bo‘yicha, monoxromli ekran yordamida foydalanuvchi kitoblarni o‘qishi, xaritalarni masshtablashtirishi, matnlar yozishi, kamerani boshqarishi, dasturlardagi qiziqarli ma'lumotlarni ko‘ra olishi mumkin. Bundan tashqari, undan QWERTY klaviaturasi sifatida ham foydalanish ham mumkin.
Ma'lum bo‘lishicha, Microsoft aksessuar haqidagi batafsil ma'lumotni joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan Computer-Human Interaction anjumanida taqdim etadi.