Xitoyning Xebey viloyatida ishchilar "buldozerlar jangi"ni uyushtirishdi.
The South China Morning Post xabariga ko‘ra, bu janjal mijozlar uchun raqobat ortida kelib chiqqan. Avvaliga ikki raqib firmaning 2 xodimi o‘rtasida dahanaki janjal kelib chiqqan, keyin ular o‘z texnikalari vositasida munozarani hal qilmoqchi bo‘lishgan. Bu jarayonga ularning sheriklari qo‘shilgan.
Voqea joyiga politsiyachilar yetib kelgach, ziddiyat bartaraf etilgan.