Simeone: «Atletiko»dan faqat bir narsa talab qilinadi - g‘alaba, g‘alaba va g‘alaba»

Sport 12:09 / 18.04.2016 1008

«Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya chempionatining 33-turida «Granada»ga qarshi kechgan va 3:0 hisobida yakunlangan o‘yindan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz bugungi g‘alabadan juda xursandmiz. Endi YeChL yo‘llanmasi naq qilindi. Ko‘pchilik hali bunga e'tibor qaratmayotgandir, lekin biz uchun bu katta yutuq.

Oldinda bizni «Atletik»ka qarshi jiddiy bahs kutib turibdi. Undan tashqari, Ispaniya chempionatida yana 4ta o‘yin o‘tkazamiz. Qolgan barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish qiyin, ammo biz shu ishni amalga oshirish uchun harakat qilamiz. Endilikda «Atletiko»dan faqat bir narsa talab etiladi — g‘alaba qozonish, g‘alaba qozonish va g‘alaba qozonish», — deya Simeonedan iqtibos keltiradi Football Espana.

33 tur o‘yinlaridan keyin, «Atletiko» «Barselona» bilan bir xil ochko to‘plagan - 76ta. Kataloniyaliklar to‘plar nisbatiga ko‘ra birinchi o‘ringa joylashishgan. «Real» 75 ochko to‘plab, uchinchi o‘rinda ketmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: