Tver oblastidagi qurol omborlarining ukrain dronlari hujumidan keyingi ko‘rinishi e’lon qilindi

Jahon 16:34 / 24.09.2024 13308

RF mudofaa vazirligi Bosh raketa-artilleriya boshqarmasining Tver oblasti Toropets shahridagi 107-arsenalida 18 avgustga o‘tar kechasi uyushtirilgan dronlar hujumi oqibatida yirik yong‘in ro‘y bergan. Shahar aholisining bir qismi evakuatsiya qilingan, dronlar hujumidan bir necha kun o‘tib ham o‘q-dorilar portlashi davom etgan.

Toropetsdagi o‘q-dori ombori. 2024 yil 22 sentabr
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA

21 sentabrga o‘tar kechasi ukrain dronlari Tver oblastidagi yana bir o‘q-dori omboriga zarba berdi — bu safar boshqarmaning Oktyabrskiy posyolkasidagi 23-arsenali hujumga uchragan. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi MT Anderson OSINT-tadqiqotchisi kelgan xulosaga ko‘ra, Oktyabrskiyda o‘q-dorilar detonatsiyasi oqibatida «58 dan ortiq ombor binolari va ko‘p sonli ochiq maydonchalar kulga aylangan yoki jiddiy shikastlangan».

Oktyabrskiyda shikastlangan temiryo‘l va stansiya. 2024 yil 22 sentabr
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA
Oktyabrskiydagi arsenal dronlar hujumidan keyin. 2024 yil 22 sentabr
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA
Oktyabrskiydagi o‘q-dorilar ombori. 2024 yil 22 sentabr
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA
Ko‘proq yangiliklar: