"Paxtakor" jamoasi delegatsiyasi 17 aprelda BAAning Abu Dabi shahriga yetib keldi.
OChLning 5-turidan o‘rin olgan 19 apreldagi uchrashuvda toshkentlik futbolchilar "Al Jazira" klubiga qarshi maydonga chiqadilar. "Sherlar" safida ikkita yo‘qotish bor: Iskanderov va Andreyev jarohatlari tufayli o‘yinda ishtirok eta olmaydi.
BAA poytaxtiga oilaviy sabablarga ko‘ra jamoa bosh murabbiyi No‘'mon Hasanov ham kela olmadi.
Manba: pakhtakor.uz