O‘zbekistonlik juftlik - Sherzod va Barno Tursunov o‘z bizneslarini 2001 yilda Mitishchdagi qurilish yarmarkasida gulqog‘oz sotishdan boshlashgan. Ikki yildan so‘ng ular bozorda o‘nta nuqtani egallab ulgurishdi, ammo trend almashinuvini vaqtida sezishdi - yo‘lning narigi tomonida Rossiyada birinchi "Lerua Marlen" qurilishi boshlandi.
Tursunovlar "Yevrodizayn" kompaniyasini tashkil qilib, materiallarning ulgurji savdosiga o‘tishdi. 2010 yilga kelib esa tadbirkorlar faoliyat sohalarini o‘zgartirishga qaror qilishdi.
"Biz shunday biznes boshlashni istardikki, uni kengaytirish, hamkorlar bilan ishlash va inqiroz davrida o‘sishi kerak edi", - deb xotirlaydi Barno Tursunova.
2011 yilda juftlik "Avtozavadskoy"dagi zararga ishlayotgan avtoservisni sotib oldi va uning asosida butun mamlakat bo‘ylab "Vilgud" brendi ostida 100ta nuqtaga ega tarmoq barpo etishga qaror qildi.
Avtoservisga uskuna, 25 nafar xodimi, yetkazib beruvchi va iste'molchilari bilan shaxsiy pul mablag‘laridan 18 million rubl tikilgan.
Avtoservisda IT-tizim yaratilib takomillashtirilgan. Buning natijasida mijoz oldindan yozilgan vaqtda keladi, navbat kutib o‘tirmaydi, tadbirkorlar ham bu tizim bilan yanada ishonchli xizmat ko‘rsatishadi. Mijozlar aynan bir ustaga emas, balki tizimli xizmat ko‘rsatuvchi avtoservisga tashrif buyurishadi. IT-tizim bilan har bir jarayon tadbirkorning nazorati ostida.
Bugungi kunda "Vilgud" raqamlarda:
28ta avtoservis shu brend ostida ishlaydi: 6ta shaxsiy va 22ta franshiza bo‘yicha;
2016 yilning martida "Vilgud" 8 mingdan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatgan;
"Vilgud"ning 90 foiz mijozlari - xususiy shaxslar;
"Vilgud" servisida o‘rtacha chek - 8 ming rubl;
Moskvadagi "Vilgud" avtoservisining oylik pul aylanishi - 4 million rubl;
2015 yil yakunlariga ko‘ra tarmoqda pul aylanishi - 400 million rubl.