O‘zbekistonlik taekvondochi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Sport 14:33 / 18.04.2016 1315

Manilada (Filippin) taekvondo sport turi bo‘yicha Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqa yakunlandi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, musobaqaning ikkinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Nigora Tursunqulova Gonkong va Iordaniya terma jamoasi vakilalarini yengan bo‘lsa, finalda qozog‘istonlik sportchiga mag‘lub bo‘ldi. 

Finalda mag‘lub bo‘lishiga qaramay Nigora Tursunqulova Rioda o‘tadigan o‘yinlarga beriladigan yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ko‘proq yangiliklar: