Latviya "sovet okkupatsiyasi" tufayli ko‘rgan zarari miqdorini hisoblab chiqdi

Jahon 18:22 / 18.04.2016 1587

Sobiq Ittifoq davrida Latviya iqtisodiyotiga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiya hisob-kitoblariga ko‘ra, Latviyaning "sovet okkupatsiyasi" (1940-1990 yillar) tufayli ko‘rgan zarari 185 mlrd yevroga teng. Bu haqda Delfi xabar tarqatgan.

Qayd etilishicha, bundan tashqari demografik zarar (Sobiq Ittifoqning boshqa mamlakatlariga ko‘chirib o‘tkazishlar yoki Yevropa va okeanortiga yo‘l olishlar) va atrof-muhitga yetkazilgan zararni bir necha o‘n milliard yevroga baholash mumkin.

Zararlarni hisoblash bo‘yicha bu komissiya 11 yil oldin tashkil etilgandi. 2009 yilda komissiya moliyaviy ta'minotdan mahrum bo‘ldi va 2014 yilgacha faoliyatini to‘xtatib turdi.

Xabarda aytilishicha, komissiya strategik reja ishlab chiqqan. Bu reja 40 yo‘nalishni qamrab olgan.

Ko‘proq yangiliklar: