Knauf O‘zbekistondagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytiradi

O‘zbekiston 12:20 / 18.04.2016 2465

Knauf kompaniyasi O‘zbekistonda gipsokarton listlari va quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarish quvvatlarini 40 mln yevrolik qayta sarmoyalash usuli bilan kengaytirishni rejlashtirmoqda. Bu haqda «KNAUF GIPS BUXORO» xorijiy kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Deripalkoga asoslanib, UzDaily.uz ma'lum qilgan.

Direktorning so‘zlariga ko‘ra, loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi. Xususan, buning uchun talab etiladigan mablag‘ning 10 million yevrosi so‘m ko‘rinishida qurilish ishlariga jalb etiladi, qolgan 30 million yevroga maxsus uskunalar xarid qilinadi. Natijada, gipskartonlar ishlab chiqarish 30 foizga, quruq gipsli aralashmalar ishlab chiqarish hajmi 2 martaga oshadi.

Knauf kompaniyasi 2009 yildan «Buxorogips» qo‘shma korxonasi aksionerlik jamiyatida yiliga 60 ming tonna qurilish aralashmalarini ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, «KNAUF GIPS BUXORO» xorijiy kompaniyasida yiliga 25 mln kvadrat metr gipsokartonli listlar mijozlarga yetkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: