Janubiy Koreya rahbari Pak Kin Xe, ushbu mamlakat prezidentlari ichida birinchi marta Tehronga rasmiy tashrif qiladi. Bu haqda Moviy uy ("Chxonvade") matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Aytish joizki, mazkur tashrif Tehron bilan Seul o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan 1962 yildan beri birinchi marotaba amalga oshirilmoqda. U 2016 yil 1-3 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Hujjatga ko‘ra, Pak Kin Xe Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muzokaralar o‘tkazadi. Unda energetika, infrastrukturalar, xavfsizlik, sog‘liqni saqlash va atrof-muhit sohalarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari haqida so‘z borishi xabar kutilmoqda.