Ijtimoiy so‘rov: Ollandning reytingi rekord darajada pastlagan

Jahon 12:45 / 18.04.2016 874

Fransiya prezidenti Fransua Ollandning reytingi rekord darajada tushib ketgan. Bu haqida Le Journal du Dimanche nashri ma'lum qildi.

Ifop instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, Olland siyosatiga qarshi chiquvchilar miqdori 85 foizni tashkil qilmoqda, ulardan 46 foizi prezident faoliyatidan "juda mamnun", 39 foizi esa - "nisbatan mamnun".

Ollandning mashhurlik reytingi bugungi kunda 14 foizni tashkil etmoqda, so‘rov qatnashchilarining 2 foizigina prezident faoliyatidan "juda mamnun", 12 foizi esa "nisbatan mamnun".

Prezidentdan norozilik sabablarini iqtisodiy va ijtimoiy siyosatda natijalarning yo‘qligi, yuqori soliq va qochoqlarga haddan ziyod e'tibor qaratilayotgani bilan izohlashdi.

Nashrning baholashicha, Ollanddan oldingi hech bir rahbar 1958 yilda Fransiyada barpo etilgan Beshinchi respublika tarixida bunchalik norozilikka uchramagan.

Ko‘proq yangiliklar: