Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonga 13 million yevro ajratadi

Jahon 14:20 / 18.04.2016 861

Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston Respublikasiga saylov tizimini isloh qilish uchun 13 million yevro miqdorida pul ajratadi. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni Jo‘qorg‘i Kengeshning byudjyet va moliya bo‘yicha kengashi majlisida ma'lum qilindi.

Majlisda “Saylov tizimini isloh qilish orqali demokratiyani yaxshilash” dasturi bo‘yicha Qirg‘iziston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi moliyaviy kelishuv loyihasi namoyish etildi.

Markaziy saylov qo‘mitasi raisi Tuyg‘unali Abduraimovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu grantdan 2017-2018 yillarda foydalaniladi.

Ko‘proq yangiliklar: