Elektrokar Qozog‘iston yo‘llaridagi sinovga dosh berolmadi

Jahon 14:30 / 18.04.2016 1101

Yerjan Rashev ismli qozog‘istonlik o‘z sahifasida yozishicha, u Tesla elektromobilida Qozog‘istonning ikki poytaxti o‘rtasida mamlakat tarixida ilk marotaba elektromobilda sayohat qilishga rozi bo‘lgan. Ammo, Olmaotadan chiqishning o‘ziga 2 soat chamasi vaqt ketib, u go‘yoki davlatdan-davlatga sayohat qilgandek taassurotda bo‘lgan.

Rashevning bildirishicha, sayohatdan ko‘zlangan maqsad, energiyaning yangi manbalariga keng jamoatchilik e'tiborini jalb etish va "Buyuk dasht mamlakati"da ham uning mavjudligini isbotlashdan iborat bo‘lgan. Biroq, elektrokar batareya quvvati 337 kilometrdan so‘ng, tamom bo‘lgan.

«Yevropada shuncha masofadan keyin, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasini uchratishingiz aniq, ammo quyosh taftidan qizigan qozoq dashtida emas. Mittigina aholi punktlari oralig‘i taxminan 300 kilometrni tashkil etadi, ulardagi turmush darajasi oxirgi yuz yilliklar mobaynida deyarli o‘zgarmay kelmoqda», -deb hikoya qilgan sayohatchi.

Natijada, mashinani yo‘lda uchragan ko‘ngilli haydovchi mashinasida tortib ketishga to‘g‘ri kelgan. Shu yo‘l bilan yana 70 kilometr ortda qoldirildi. Bu vaqt ichida elektromobil qayta kuperlash usuli bilan quvvat oldi.

«400-kilometrdan boshlab, yo‘lning sifati juda ham yomonlashib, chuqurlar, notekisliklar mashina harakatiga to‘sqinlik qila boshladi. 454-kilometrda esa, qayerdandir paydo bo‘lgan mollar to‘dasini urib yubormaslik uchun chuqurlikka tushib ketish esa, mashinaga jiddiy talofat yetkazdi. Uning ikkita g‘ildiragi yaroqsiz holga kelgandi. Afsuski, inson aqli va qayta kuperlash usuli qozoq dashti oldida ip esholmadi», – deb xulosa qiladi Rashev.

Mexanik rezinadan foydalanib bo‘lmasligini aytib, yordamchi chaqirishni tavsiya etgan. Sayohatchilar esa, tunni yo‘l yoqasida o‘tkazishga majbur bo‘lishgan.

Ko‘proq yangiliklar: