Ekvadordagi zilzila qurbonlari soni 350 nafarni tashkil etmoqda

Jahon 18:40 / 18.04.2016 884

Associated Press nashrining xabar berishicha, Ekvadorda kuchli zilzila qurbonlarining soni 350 nafarga yetdi. Bu haqida hukumat vakillari ma'lum qilishdi.

Avval 262 nafar kishi hayotdan ko‘z yumganligi haqidagi xabar berilgandi.

17 aprelga o‘tar kechasi Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi. AQSh Geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi sohilbo‘yidagi Muisne shahridan 27 km uzoqlikda sohilbo‘yida joylashgan bo‘lgan. Mamlakatning 6 ta viloyatida favqulodda vaziyat tartibi kiritildi.

Zilzila markazidan 300 km uzoqlikda bo‘lgan Guayakile shahridagi ko‘prik qulagan. Poytaxt Kitoda elektr ta'minot va telefon aloqasi izdan chiqqan.

Jabrlangan hududlarga 10 ming harbiy va 3,5 ming politsiyachi jo‘natilgan.

Zilziladan keyin Manabi viloyatida yuzlab mahbuslar qamoqxonadan qochib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: