Dohadagi neft qazib oluvchi davlatlar uchrashuvi bitimsiz yakunlandi

Iqtisodiyot 00:36 / 18.04.2016 1349

Qatar poytaxti Dohada neft qazib oluvchi davlatlarning uchrashuvida neft hajmini muzlatish bo‘yicha bitim tuzilmadi. Bu haqda jurnalistlarga Nigeriya neft vaziri Ibe Kachikvu ma'lum qildi, deb xabar berdi TASS axborot agentligi. 

"Biz taxminan iyunda yana uchrashishga harakat qilamiz", deb aytgan Kachikvu. Kachikvu uchrashuv yana shu tarkibdagi bo‘lishi-yo‘qligi haqidagi savolga ijobiy javob berdi.

Qatar neft va energetika vaziri Muhammad ibn Saloh as-Sad neft qazib oluvchi davlatlar "muzlatish"ning bir necha mexanizmlarini kelishib olishgani, turli ssenariylarni baholashgani va qarorlar qabul qilish uchun ko‘proq vaqt kerakligiga qaror qilishganini ma'lum qildi.

Reuters axborot agentligi manbalariga ko‘ra, OPeK davlatlari avval tashkilot ichida kelishib olishmoqchi.

As-Sad uchrashuv ishtirokchilari maslahatlar o‘tkazish uchun qo‘shimcha vaqtga ehtiyoj sezayotganini aytdi.

"Uchrashuv barchamiz qo‘shimcha maslahatlar va muhokamalar o‘tkazish uchun bugungi kundan iyungacha qo‘shimcha vaqtga ehtiyojmand ekanligimiz borasidagi qaror bilan yakunlandi. Iyunda OPeKning o‘zaro va boshqa tomonlar bilan maslahatlashuvchi barcha davlatlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi", deb aytdi As-Sad.

2016 yil boshida neft narxi 30 dollardan pastroqqa tushib ketdi. Dohadagi uchrashuvdan maqsad narxni to‘g‘rilash bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: