«Chegara bilmas shifokorlar»: 100 mingdan ortiq kishi Halab yaqinida qurshovda qolgan

Jahon 17:43 / 18.04.2016 1920

Suriyaning shimoliy qismida davom etayotgan harbiy harakatlar tufayli Turkiya bilan chegaradosh Halab shahri yaqinidagi Azaz tumanida 100 mingdan ortiq tinch aholi vakili qamalda qolgan. Qochqinlar uchun lagerlarni IShID egallab olgani aytilmoqda. Bu haqda «Chegara bilmas shifokorlar» tashkiloti ma'lumotida keltirilgan.

«Harbiy harakatlar yangilangani tufayli keyingi haftalarda 35 mingdan ortiq kishi qochqinlar lagerlaridan ketishga majbur bo‘ldi, ba'zi lagerlarni IShID egallagan, ba'zi lagerlar yaqinida urush ketmoqda. Turkiya chegarasi yaqinida 100 mingdan ortiq kishi to‘planib qolgan. Bu vaqtda ularning ortidagi hududda shafqatsiz to‘qnashuvlar davom etmoqda, fron chizig‘i 7 kilometr», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, harbiy harakatlar hududidagi tibbiy muassasalar faoliyati to‘xtatilgan.

Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Halabda «Jibhad an-Nusra»ning 10 mingga yaqin jangarisi to‘plangan.

Ko‘proq yangiliklar: