Britaniyalik fermer bola tobutiga ega Qadimgi Rim villasini topdi

Jahon 00:01 / 18.04.2016 1404

Britaniyalik fermer Lyuk Irvin o‘zining ombori yonida Rim imperiyasi zamonlariga tegishli nodir asori-atiqalarni topib oldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri. Shundan keyin fermer arxeologlar bilan bog‘landi, ular esa o‘z navbatida bu joyda qazilma ishlarini olib borib, boy Qadimgi Rim villasining yaxshi saqlanib qolgan qoldiqlarini aniqlashdi.

Olimlar villa milodning 175 va 220 yillari oralig‘idagi vaqtda qurilganini, keyinroq esa bir necha bor restavratsiya qilinganini aniqlashdi. Bundan tashqari, olimlar fermer ombori yonida sopol idishlar, tangalar, to‘g‘nag‘ichlar, yovvoyi va uy hayvonlarining suyaklari hamda bir bolaning tobutini aniqlashgan.

Arxeologlarning aytishicha, aniqlangan villa Buyuk Britaniya hududida aniqlangan Qadimgi Rim villalaridan eng badavlati bo‘lishi mumkin.

Qadimgi Rim villalari o‘zidan hordiq uchun dala-hovlilarni namoyon qilgan. Villaning o‘ziga xos jihati shundan iborat bo‘lganki, u doimiy turar joy bo‘lmagan. Villada uning egalari yil davomida oz vaqt yashashgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: