Avstraliyadagi maktabda quchoqlashish man etildi

Jamiyat 18:50 / 18.04.2016 1999

Avstraliyaning Jilong shahridagi boshlang‘ich maktablardan birida “achom-achom” qilishni taqiqlashdi. O‘quvchilarga mehrni ifodalashning boshqa usulini o‘ylab topish tavsiya qilingan. Bu haqda Herald Sun xabar tarqatgan.

Avliyo Patrik maktabi direktori Jon Grantning ma'lum qilishicha, bundan taqiqqa tayinli sabab yo‘q, biroq bolalarning himoyasi va ularni kichikligidanoq ehtiyotkorlikka o‘rgatish niyatida ushbu chora ko‘rildi.

Grantning so‘zlariga ko‘ra, do‘stlik va mehribonlikni ifodalashning boshqa yo‘llari ham bor, masalan og‘zaki ifodalash.

“Achom-achom” uchun jazo belgilanmagan, o‘qituvchilar uquvchilarni shunchaki bir-birlarining shaxsiy hududlarini hurmat qilishga chaqirishadi.

Ko‘proq yangiliklar: