AQShda iroqlik talabani arab tilida so‘zlashgani uchun samolyotdan tushirib yuborishdi

Jahon 16:57 / 18.04.2016 2255

AQShda iroqlik talabani telefon orqali arab tilida gaplashgani uchun samolyotdan tushirib yuborishdi. Bu haqda The New York Times xabar bergan.

Voqea Southwest Airlines aviakompaniyasining Los-Anjyelesdan Oklendga yo‘l olayotgan samolyoti bortida sodir bo‘lgan.

Kaliforniyaning nufuzli universitetida ta'lim oluvchi 26 yoshli Hayruldin Mahzumiy Iroqdagi amakisiga qo‘ng‘iroq qilgan. O‘zining aytishicha, u amakisiga shaxsan BMT bosh kotibi qatnashgan tadbir xususida so‘zlab bermoqchi bo‘lgan. Lekin uning yonida o‘tirgan yo‘lovchiga Mahzumi xatarli tuyulgan. Oqibatda ekipaj a'zolari: “Siz nega samolyotda arab tilida gaplashdingiz?” degan savol bilan samolyot bortini tark etishni so‘rashgan.

“Islamofobiya bu mamlakatni mana nima ko‘ylarga soldi”, - noroziligini ma'lum qildi Mahzumi, u bilan “xuddi hayvondek” muomila qilishganidan ranjib.

Bu yil boshidan buyon musulmonlar bilan Amerika avialiniyalarida sodir bo‘lgan yettinchi holat hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: