APL, 34-tur. «Arsenal» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni yengolmadi va 4-o‘ringa tushdi

Sport 07:05 / 18.04.2016 1267

17 aprel kuni Angliya Premer-ligasining 34-turida «Arsenal» o‘z maydoni «Emireytes»da «Kristal Pelas»ni qabul qildi.

«Kanonirolar» uchrashuvda birinchi bo‘lib gol urishdi, hisob birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Aleksis Sanches tomonidan ochildi.

Lekin mezbonlar g‘alabani saqlab qola olishmadi, 81-daqiqada Yannik Bolazi hisobni tenglashtirdi.

London derbisida qo‘lga kiritilgan 1 ochkodan keyin «Kristal Pelas» egallab turgan 16-pog‘onasidan yuqoriga ko‘tarila olmadi. Shuningdek, «Arsenal» ham «Manchester Siti»dan 3-o‘rinni qaytarib ololmadi. Har ikki klub hisobida 60tadan ochko jamg‘arilgan, «Manchester Sitida» to‘plar nisbati yaxshiroq.

Ayni vaqtda turnir peshqadami «Lester»da 73 ochko bor. Bu jamoa keyingi 4ta turlarda 3 ochko olishi evaziga «Manchester Siti» hamda «Arsenal»ni poygadan chiqaradi. Hali 34-tur uchrashuvini o‘tkazmagan «Tottenhem»da 65 ochko bor. Bu jamoa bugun, 18 aprel kuni «Stok Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Angliya Premer-ligasi, 34-tur, 17 aprel, yakshanba
«Arsenal» — «Kristal Pelas» 1:1
Gol: Aleksis Sanches, 45+1 (1:0). Yannik Bolazi, 81 (1:1).
«Arsenal»: Petr Chex, Ektor Belerin, Nacho Monreal, Gabriel Paulista, Loran Koselni, Fransis Koklen, Muhammad El-Nenni (Teo Uolkott, 84), Mesut O‘zil, Aleks Ayuobi (Aaron Remsi, 75), Denni Uelbek (Olive Jiru, 75), Aleksis Sanches.
«Kristal Pelas»: – Xennessi, Uord, Denn, Dileyni, Suare, Kabay, Yedinak (Sako, 46), Panchon (Zaa, 75), Bolazi, Ledli, Uikhem (Adebayor, 64).
Ogohlantirishlar: Ledli, 57; Dann, 73.

Ko‘proq yangiliklar: