Zilziladan keyin Yaponiyaning Fukuoka shahri ko‘chalari g‘alati ko‘pik bilan qoplandi

Jahon 01:11 / 17.04.2016 1092

Yaponiyada 14 aprelda yuz bergan 1-zilziladan keyin Fukuoka shahri ko‘chalari g‘alati ko‘pik bilan qoplandi. Bu haqda Twitter’dagi foydalanuvchilarning suratlariga iqtibos keltirgan holda RT telekanali xabar bermoqda.

Zilzila markazidan 90 km uzoqlikda joylashgan shahar ko‘pik bilan to‘lib-toshdi. Ko‘pik ko‘chalarni Kyusyu orolidagi kuchli zilzilaning ertasiga, 15 aprel kechki payt qoplay boshlagan. Shahar aholisi bu g‘alati hodisa nima bo‘lishi mumkinligi haqida bosh qotirmoqda. Ular hattoki bu holatni 4 yil avval atom elektr stansiyasida yuz bergan portlash bilan ham bog‘lashmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzilalar oqibatida 41 kishi halok bo‘lgan, 2 mingdan ko‘proq kishi jarohat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: