Yaponiyada baliqchilar rekord o‘lchamdagi akulani tutib olishdi

Jamiyat 11:43 / 17.04.2016 1445

15 aprelda yaponiyalik baliqchilar rekord darajadagi o‘lchamga ega katta og‘izli akulani tutib, uni qirg‘oqqa yetkazishga muvaffaq bo‘lishdi. Akulaning uzunligi 5 metrga yetgan, deb xabar bermoqda 7News nashri.

Bu akula turi 100-120 metr chuqurlikda yashaydi va tungi payt 10-15 metr chuqurlikdagi yuzaga ko‘tarilishi mumkin. Ular og‘izlarini ochgan holda suzishadi va shu tariqa planktonlar bilan oziqalanishadi.

Rekord darajadagi o‘lchamga ega bo‘lgan akulaning og‘irligi bir tonnadan ko‘proqni tashkil qilgan. Akulani baliqchilardan restoran sotib oldi.

Bu turdagi akulaning maksimal o‘lchami 5 metrga yetadi va 100 yilgacha umr ko‘radi.

Ko‘proq yangiliklar: