Xitoyda 500ga yaqin o‘quvchi noma'lum moddadan zaharlandi

Jamiyat 14:30 / 17.04.2016 1097

Xitoyning Tszyansu viloyatidagi maktablarning birida 493 nafar o‘quvchi noma'lum moddadan zaharlandi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) orqali xabar tarqatilgan.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, voqea Chanchjou shahrida yuz bergan. Xabar qilinishicha, xorijiy tillar o‘rgatiladigan mahalliy maktab boshqa binoga ko‘chirilgach o‘quvchilarda turlicha zaharlanish belgilari kuzatilgan.

O‘quvchilarning terilarida yallig‘lanishlar, qon quyuqlashishi, limfoma va leykemiya qayd etilgan.

Mutaxassislar o‘quv binosi joylashgan tumandagi grunt suvlar va havoda zaharli ifloslanishni qayd etishgan. Telekanalda aytilishicha, bu hududda avval kimyoviy zavod bor edi.

Ko‘proq yangiliklar: