Suriyadagi parlament saylovlarida 5 mln dan ko‘proq odam ishtirok etdi

Jahon 08:04 / 17.04.2016 850

Suriyadagi parlament saylovlarida 5 mln 85 ming 444 kishi ishtirok etdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda Suriya markaziy saylov komissiyasi raisi Hisham Ash-Shoir ma'lum qildi.

"Suriyada ovoz berish huquqiga 8 mln 834 ming 994 kishi ega bo‘lgan, ulardan 5 mln 85 ming 444 kishi ovoz berdi", deb aytdi Ash-Shoir.

Ta'kidlanishicha, istalgan nomzod saylov natijalari yuzasidan 3 kun ichida shikoyat qilishi mumkin. 

Suriyada parlament saylovlarida ovoz berish 13 aprelda yakunlandi. Parlament saylovlarida 250 o‘rin uchun 3,5 ming nomzod kurash olib bordi.

Ko‘proq yangiliklar: