Shveytsariyadagi Charli Chaplin muzeyi ilk mehmonlarni qabul qildi

Jamiyat 23:12 / 17.04.2016 1711

Shveytsariyaning Veve-syur-Korse shahrida joylashgan Ser Charlz Spenser Chaplin (1889-1977) hayoti va ijodiga bag‘ishlangan muzey ilk mehmonlarni qabul qila boshladi. Kinematografiyaning universal ustasi o‘z hayotining so‘ngi 25 yilini o‘tkazgan “Manuar de Ban” maskanida uning ko‘plab fotosuratlari, kinomateriallari, shaxsiy buyumlariga boy ekspozitsiyasi taqdim etilgan. Chaplin AQShda “makkartizm davrida” bo‘lib o‘tgan taqiblar tufayli Shveytsariyaga ko‘chib borgan. 

Veve-syur-Korse shahrida buyuk kinoaktyor, ssenarist, rejissyor va kompozitorning 127 yilligiga bag‘ishlangan tadbir va muzeyning ochilish marosimida uning o‘g‘illari Maykl va Yujin qatnashishdi.
“Chaplin dunyosi” deb nomlanuvchi muzey majmuasi Chaplinning oilasi va avlodlarining qilgan harakatlari natijasi hisoblanadi. Loyihani amalga oshirish uchun 16 yil kerak bo‘ldi.
Majmua Chaplin o‘z oilasi bilan yashagan uy va maxsus ko‘rgazma uchun qurilgan binolardan iborat bo‘lib, uning maydoni 3 ming kv. metrni tashkil etadi. Muzeyga tashrif buyurganlar buyuk aktyorning nafaqat ijodi, balki tarixda klassika bo‘lgan “Chaqaloq”, “Oltin vasvasasi”, “Yangi davr”, “Buyuk diktator” kabi filmlarning yaratilish jarayonlarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Loyiha tashkilotchilari muzeyga har yili 300 ming mehmon tashrif buyuradi, degan umidda va ularning ko‘pchiligi xorijliklar bo‘lishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: