Saudiya Arabistoni Dohadagi muzokaralarda OPeKning barcha a'zolari ishtirok etishini talab qilgan

Iqtisodiyot 19:02 / 17.04.2016 1120

Saudiya Arabistoni OPeKning barcha a'zolari, xususan Eronning neft qazib olish va ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning 17 aprel kungi yig‘ilishida ishtirok etishini talab qilgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Ar-Riyod bundan oldinroq neft qazib olish hajmini muzlatish g‘oyasiga qarshi chiqayotgan Eronning bu muzokaralarda ishtirok etishini shart emas deb hisoblagandi.

"Bugun ertalab Saudiya Arabistoni o‘z pozitsiyasini o‘zgartirliyu Bu davlat muzokaralarda OPeKning barcha a'zolari ishtirok etishini istadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 17 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00da (Toshkent vaqti bilan soat 17:00) Qatar poytaxti Doha shahrida OPeK (neftni eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) mamlakatlari va tashkilotga kirmaydigan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida uchrashuv boshlandi.

Bu uchrashuv avval belgilanganidan 6,5 soat kech boshlandi.

Bundan oldinroq, Reuters agentligi Eron neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarning Dohadagi uchrashuvida ishtirok etmasligi haqida xabar bergandi.

Keyinroq, Eron hukumati neft ishlab chiqarish hajmini oktabr oyigacha 2016 yil yanvardagi darajada saqlab turish bo‘yicha bitim loyihasini ma'qullashi ma'lum qilindi.

Muzokaralarning boshlanishi kechikishi Eronning o‘z delegatsiyasini yuborishini kutish bilan bog‘liq bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: