Rossiyaning Su-27 samolyoti Boltiq dengizi ustida AQShning razvedkachi samolyotini ta'qib qildi

Jahon 07:55 / 17.04.2016 2155

AQSh qurolli kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi vakili Denni Xernandes Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti Boltiq dengizi ustida AQShning RC-135 razvedkachi samolyotidan 15 metr uzoqlikda "tajovuzkorona harakatlar" amalga oshirganini ma'lum qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda. 

Xernandes bu voqea 14 aprelda yuz berganini aytdi. Uning aytishicha, Rossiya samolyoti AQSh samolyoti qanotidan 15 metr uzoqlikda uchib o‘tib, unga nisbatan "beqaror va tajovuzkorona harakatlar" amalga oshirgan.

"Bir uchuvchining xavfli va noprofessional harakatlari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga olib kelishi mumkin edi", deb aytdi Xernandes.

Xernandes RC-135 samolyoti Su-27 tomonidan xavfli va noprofessional tarzda ta'qib qilingani hamda AQSh samolyoti Rossiya hududiga kirmaganini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Rossiyaning Su-24 samolyoti Boltiq dengizida AQShning "Donald Kuk" raketa esminetsi ustidan uchib o‘tgani ma'lum qilingandi.  

Ko‘proq yangiliklar: