Rossiya chempionati 24-turining markaziy uchrashuvlaridan birida "Zenit" "Spartak" ustidan g‘alabaga erishdi. Uchrashuv 16 aprelda Sankt-Peterburgdagi "Petrovskiy" stadionida bo‘lib o‘tdi va "Zenit"ning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gollarni "Zenit" tarkibida Vitsel (15-daq.), Xalk (46-daq.), Dzyuba (65-daq.), Maurisio (73-daq.), Garsiya (87-daq.), "Spartak" tarkibida esa Popov (10-daq.) va Glushakov (21-daq.) kiritdi.
Zenit (Sankt-Peterburg) – Spartak (Moskva) – 5:2
Gollar: Popov, 10 (0:1); Vitsel, 15 (1:1); Glushakov, 21 (1:2); Xalk, 46 (2:2); Dzyuba, 65 (3:2); Maurisio, 73 (4:2); Garsiya, 87 (5:2).
Chetlatish: Makeyev, 78 (Spartak).
"Zenit" 5 o‘yin ketma-ket g‘alabaga erishib, musobaqa jadvalining 2-o‘riniga (46 ochko) ko‘tarilib oldi, "Spartak" esa 37 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.
Shu kuni o‘tkazilgan yana bir uchrashuvda "Lokomotiv" va "TsSKA" uchrashdi. Uchrashuv 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Gollarni Chorluka (Lokomotiv, 22-daq.) va Olanare (TsSKA, 84-daq.) kiritdilar.
"TsSKA" hozircha "Zenit"dan bir ochko farq bilan peshqadamlikni ushlab turibdi.
Rossiya Premer-Ligasi. 24- tur
Lokomotiv – TsSKA – 1:1
Gollar: Chorluka, 22 (1:0); Olanare, 84 (1:1).