AQSh, Rossiya va Xitoy yangi qurol-aslaha poygasi ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Bunday fikrni nufuzli The New York Times nashri bildirib o‘tdi. Nashr vaziyatning bunday rivojlanishidan Vashington, Moskva va Pekinning yadroviy jangovar kallaklar va urush olib borishning boshqa vositalarini modernizatsiyalash bo‘yicha olib borayotgan faol ishlari guvohlik berishini ta'kidlab o‘tdi. Nashrning fikricha, buning oqibatida bu qurol-aslahalarning barbod qiluvchi kuchi va o‘lchamlari kichikrok bo‘ladi.
NYTning fikricha, "kuchlarning bunday oshirilishi sovuq urush zamonlaridagi kabi qurol-aslaha poygasining qayta vujudga kelishiga va yarim asrdan beri yadroviy ixtiloflarning oldini olishga imkon berib kelgan davlatlar o‘rtasida o‘rnatilgan barqarorlikning buzilishi bilan xavf soladi".
"Mohiyatan gap yangi shaklda qo‘llanayotgan eski yondashuvlar haqida ketmoqda – iqtisodiy inqirozni boshdan kechirayotgan Rossiya, ko‘tarilayotgan Xitoy va mavhum holatda turgan AQSh yetakchilik uchun qayta kurash boshlashmoqda", deb yozmoqda gazeta.
AQSh yaqin 30 yil ichida o‘zining yadroviy qurol-aslahalarini modernizatsiya qilish uchun 1 trln dollargacha mablag‘ sarflashni mo‘ljallayotgani hisobga olinsa, "uning raqiblari bu raqamlardan o‘zlarining qurol-aslaha dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanmoqdalar", deb yozmoqda nashr.
Fevralda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev yadroviy klubning nazorat qilib bo‘lmas kengayishi va yadroviy qurollarning terrorchilarning qo‘llariga tushishi katta xavf solishi, biroq global zarba g‘oyasi undan kam bo‘lmagan xavf solishi haqida fikr bildirgandi. "Dunyodagi, jumladan Afrika shimolida, Yaqin Sharqdagi bir qator voqealardan keyin ko‘plab davlatlar o‘z bombasini yaratish haqida jiddiy o‘ylay boshladi", deb aytgandi Medvedev Time jurnaliga bergan intervyusida. Medvedev "davlatlarning bir qismi o‘z mavjudligi uchun haqiqatda xavotirlana boshlab, yadroviy qurol yaratish bilan shug‘ullanishga majbur bo‘layotganini aytayotganini" ta'kidlab o‘tgandi.