Londonda Kemeron hukumatiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi

Jahon 16:43 / 17.04.2016 1553

16 aprel kuni London shahri markazida minglab britaniyaliklar hukumat siyosatiga qarshi namoyishga chiqishdi. BBC nashri xabariga ko‘ra, namoyishchilar hukumatning xarajatlarni tejash borasidagi choralariga qarshi chiqishgan.

Namoyishchilar shahar markazidagi Trafalgar maydoniga yig‘ilishgan. Ular sog‘liqni saqlash, ta'lim va ijtimoiy ta'minot sohalarini moliyaviy ta'minoti qisqartirilishiga qarshi chiqishgan.

Hukumat tejash choralari, byudjyet yetishmovchiligini kamaytirish va ta'lim va sog‘liqni saqlash hamda milliy xavfsizlikni talab darajasida ushlab turish uchun ekanligini ta'kidlagan.

Hukumat ijtimoiy xarajatlarni 2020 yil – parlament faoliyat muddati yakunlangunga qadar 12 mlrd funtga (qariyb 17 mlrd dollar) qisqartirishni rejalashtirgan edi. Ammo ijtimoiy ta'minotni qisqartirish rejasi mehnat va pensiya vaziri Ien Dunkan Smit iste'fosidan so‘ng bekor qilingan.

Ular mamlakat bosh vaziri Devid Kemeronning iste'fosini talab qilishgan.

Namoyish Kemeronning qarindoshlari "Panama mojarolari"ga aloqadorligi ma'lum bo‘lishidan avvalroq rejalashtirilgani aytilgan.

Lekin, namoyish tashkilotchilaridan bo‘lgan "Milliy Assambleya" harakati vakilining fikricha, "Panama mojarolari" tufayli hukumatga ishonch yo‘qolgan.

Ko‘proq yangiliklar: