«Lester» himoyachisi: «Jamoamiz Asteriks va Obeliksni eslatadi»

Sport 14:56 / 17.04.2016 1137

«Lester» jamoasining germaniyalik himoyachisi Kristian Fuks o‘z jamoasining joriy mavsumdagi o‘yinlari bo‘yicha fikr bildirib o‘tdi.

«Biz hech qachon maqsadimiz chempionatda g‘olib chiqish ekani haqida gapirib, kalondimog‘liq qilmadik.

Odamlar biz haqimizda juda ko‘p gapirishdi ammo bizga bu salbiy ta'sir ko‘rsatmadi. Ko‘pchilik mavsum avvalida bizning quyi ligaga qulashimiz haqida gapirdi.

Bilasizmi, biz Asteriks va Obeliksga (nemis xalq ertagi qahramonlari - tahririyat) o‘xshaymiz. Biz o‘z uychamizda edik va tashqarida kim borligiga e'tibor qaratmadik. Hech kimning gapiga quloq solmasdan kurashaverdik, kurashaverdik va kuchayib bordik.

Klaudio bu ishda asosiy vazifani bajardi. U hamisha shunday derdi: «Keyingi o‘yin, keyingi o‘yin, keyingi o‘yin», – deydi Fuks.

Ayni vaqtda turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turgan «Lester» muddatidan oldin Angliya chempioni bo‘lishi uchun so‘nggi 5 turdan 3tasida g‘alaba qozonsa kifoya qiladi. Bugun jamoa «Vest Hem»ga qarshi maydonga tushadi.

Ko‘proq yangiliklar: