Klaudio Raneri: «Bizning vazifamiz bajarilgan. Turnirni tark etmadik»

Sport 16:57 / 17.04.2016 964

APL chempionligiga asosiy da'vogar bo‘lib turgan «Lester» jamoasining bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoa o‘yini haqida yana bir marta kamtarlik bilan fikr bildirib o‘tdi.

«Hozir biz tabassum qilishimiz va o‘z o‘yinimizni davom ettirishimiz mumkin. Chunki, vazifamiz bajarildi. Biz endi turnirni tark etishdan qutilib qolganmiz.

Bu mo‘'jiza. Biz o‘zimizni xotirjam va xavfsiz his qilmoqdamiz. Eslab ko‘ring, birinchi tur oldidan Raneri mavsum davomida ishdan bo‘shatilishga nomzod bo‘lgan murabbiylar orasida birinchi bo‘lib turardi, endi esa «Lester» – turnir jadvalida birinchi o‘rinda. Men mavsum boshidagi munosabatni juda yaxshi eslayman.

Men jamoamga qarayman va futbolchilarning xarakteri hamisha hozirgidek bo‘lib qolishini istayman.

Hayotda hamisha quyosh charaqlab turmaydi. Ba'zida havo yomonlashadi, shunday vaqtda birlashib kerak», – deydi Raneri.

«Lester» eng yaqin ta'qibchisi «Tottenhem»ni 7 ochko ortda qoldirgan holda birinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi 5ta turdan 3tasida g‘alaba qozonsa mavsum chempioni bo‘ladi.

Jamoa bugun, 17 aprel kuni 33-tur doirasida «Vest Hem»ni qabul qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: