JARdagi avariyada hukmron partiyaning 11 a'zosi halok bo‘ldi

Jahon 23:49 / 17.04.2016 897

Janubiy Afrika Respublikasidagi hukmron Afrika milliy kongressi (AMK)ning 11 a'zosi avtobusning avtohalokatga uchrashi oqibatida halok bo‘ldi. Yana 59 kishi jarohat olgan. Avtobusdagilar saylovdi mitingidan qaytayotgan bo‘lishgan.

Tez yordam xizmatining ma'lum qilishicha, jarohatlanganlardan 21 nafarining ahvoli og‘ir.

Avtobus yo‘ldan chiqib ketib, to‘ntarilib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi sababi aniqlanmagan.

Partiyaning 40 mingga yaqin tarafdorlari Port-Elizabet shahridagi stadionga partiyaning avgustdagi mahalliy saylovlar oldidan saylovoldi dasturini eshitgani kelganlar. Bu dasturni JAR va partiya prezidenti Jyeykob Zuma o‘qib eshittirgan.

"AMK partiya bo‘yicha safdoshlari bo‘lgan avtobus Erkin davlat viloyatida YTHga uchraganini chuqur afsuslanish bilan bildi", deyilmoqda AMK bayonotida.

JAR Yo‘l harakati korporatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, JARda o‘tgan yili yo‘l-transport hodisalarida 4500 ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: