Istanbul markazida avtobus portladi

Jahon 23:28 / 17.04.2016 1437

Turkiyaning Istanbul shahri markazida Topkapi tumani bekatidagi avtobus yonib ketdi, deb xabar beradi Hurriyet.

Qayd etilishicha, yong‘in tufayli bekat yaqinidagi hudud berkitilgan. Bundan tashqari, voqeaga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, avtobus yonayotgan chog‘ida juda qattiq portlash ovozini eshitishgan.

Ayni damda, halokat oqibatida qurbon bo‘lganlar va jabr ko‘rganlar haqida aniq ma'lumot mavjud emas. Avtobus u vaqtda yo‘nalish bo‘ylab harakatni amalga oshirmagan bo‘lib, uning ichida haydovchi va yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Voqea joyiga politsiya va o‘t o‘chirish xodimlari yetib kelishgan. Qutqaruvchilar esa yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in avtobus ichidagi portlash tufayli sodir bo‘lgan. Biroq bu xabar hali o‘z tasdig‘ini topmadi.

 

Ko‘proq yangiliklar: