Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan yangi mavsumdan boshlab faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi kutilmoqda.
Bild nashri xabariga ko‘ra, futbolchi manchesterliklar jamoasi bilan 5 yillik shartnoma xususida kelishuvga erishgan.
Manbada keltirilishicha, futbolchining transferi uchun 24 million yevro hamda bonuslar ko‘rinishida haq to‘lanadi.
Bundan oldingi xabarlarda «Manchester Siti» Gyundogan uchun 35 million yevro taklif qilayotgani, «Borussiya» esa 45 million yevro talab qilayotgani haqida aytilgandi.
Futbolchi germaniyaliklar jamoasi bilan shartnomani uzaytirmadi va u 1 yildan keyin erkin agentga aylanishi mumkin. Uning xizmatlariga yangi mavsumdan manchesterliklar jamoasida bosh murabbiy sifatida ish boshlaydigan Xosep Gvardiola tomonidan jiddiy qiziqish bildirilgan.
Gyundogan «Siti»ga o‘tgach, yiliga soliqlar chiqarib tashlangan holatda 6 million yevro maosh olishi haqida ham xabar berilgan.