Fransiya qochqinlarga yordam berish uchun Livanga 100 mln yevro ajratadi

Jahon 07:41 / 17.04.2016 958

Fransiya prezidenti Fransua Olland Livanga qochqinlar muammosini hal qilish uchun 100 mln yevro berishga va'da berdi. 

Olland bu haqda Livan poytaxti Bayrutga tashrifi davomida ma'lum qildi.

Pullar Livanda joylashgan bir million suriyalik qochqinlarga yordam berish uchun 3 yil davomida ajratiladi.

Olland, shuningdek, Fransiya Livanga harbiy qudratini oshirishda yordam berishini e'lon qildi.

Kutilishicha, 17 aprelda Olland Suriya bilan chegaradagi Beka vodiysidagi qochqinlar lageriga tashrif buyurib, Fransiyada joylashtirilishi kerak bo‘lgan muhojirlar oilalari bilan uchrashadi. 

Ko‘proq yangiliklar: