Rejissyor Rustam Sa'diyev o‘zining instagramdagi sahifasida “Baron” filmining davomi suratga olish ishlari boshlangani haqida ma'lum qildi.
U xabar orqali ayni damda ssenariy yozish ustida qizg‘in ish jarayoni boshlanganini bildirgan.
Shuningdek, u aktyor Farhod Mahmudov bilan suratga olish vaqtini kelishib olgani to‘g‘risida ham aytib o‘tgan: “Baron 2”ga ssenariy ustida ishlar ketyapti... Farhod Mahmudov bilan s'yomkani boshlash muddatini kelishib oldik. Hozircha shu”.
Avvalgi xabarlarda, “Baron” filmining keyingi qismini suratga olish rejalashtirilgani haqida aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Rustam Sa'diyevning “Baron” filmida Hollivudning mashhur aktyori G‘asson Ma'sud, Rossiya xalq artisti Andrey Smolyakov, Viktor Verjbitskiy, Pavel Priluchniy va “Brigada” serialida rol ijro etgan Farhod Mahmudov ham filmda qatnashgan.