Ekvadordagi zilzila qurbonlari soni 233 nafarga yetdi

Jahon 22:54 / 17.04.2016 972

Ekvadordagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 233 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rafael Korrea ma'lum qildi.

Avvalroq 77 kishi halok bo‘lgani va 600 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.

Zilzila markaziga yaqin bo‘lgan Pedernales shahri meri "bir butun shahar"ning vayron bo‘lganini aytgan. Zilzila markazidan 300 km uzoqlikda bo‘lgan Guayakile shahridagi ko‘prik qulagan. Poytaxt Kitoda elektr ta'minot va telefon aloqasi izdan chiqqan, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Jabrlangan hududlarga 10 ming harbiy va 3,5 ming politsiyachi jo‘natilgan.

17 aprelga o‘tar kechasi Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila yuz berdi. AQSh Geologik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi sohilbo‘yidagi Muisne shahridan 27 km uzoqlikda sohilbo‘yida joylashgan bo‘lgan. Mamlakatning 6 ta viloyatida favqulodda vaziyat tartibi kiritildi.

Ko‘proq yangiliklar: