Bulung‘ur tumanida “Tarixdan sado beruvchi obod go‘shalar ” shiori ostida xayriya xashar aksiyasi o‘tkazildi

Jamiyat 12:27 / 17.04.2016 5142

Ulug‘ ajdodlardan meros bo‘lgan va bugun yurt shon-shavkatiga aylangan o‘lmas, tabarruk, betakror madaniy obidalar har bir O‘zbekistonlik qalbida iftixor tuyg‘usini qo‘zg‘aydi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Bulung‘ur tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan 2016 yil 16 aprel kuni Bulung‘ur tumani Erganakli MFY xuxudida joylashgan “Xo‘ja Xofiz Merosiy” ziyoratgoxida Bulung‘ur tumanining bir gurux yoshlari bilan “Tarixdan sado beruvchi obod go‘shalar ” shiori ostida xayriya xashar aksiyasi o‘tkazildi.

Aktsiya davomida yosh hasharchilar, kuch-quvvati jo‘sh urib turgan, milliy burch-iftixori balqigan, duotalablar tomonidan 0,5 gektarga yaqin maydon obodonlashtirildi, Yodgorlik hovlisi oldidagi joylar tozalandi, tevarak-atrof kukalamzorlashtirildi. Gullar ekildi. Daraxtlar va tusinlar oqlandi.

Partiyaning yoshlarga oid vazifalarini ro‘yobga chiqarishda, ularni milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarimizni e'zozlash, tarixga qiziqtirish, tarida o‘tkan ulug‘ ajdodlarimizni munosib farzandlar bo‘lib yetishishlari uchun munosib sharoitlar yaratishda o‘zining munosib xissasini qo‘shadi.

Vatanimiz xududida e'tirof etish kerakki, bugungi kunda mafkuraviy bag‘rikenglik ezgu niyatlar va maqsadlarimizni ruyobga chiqarishga zamin tayyorlamokda. Demak, bu g‘oya tinchlik, barqarorlikni mustahkamlamoqda. Zeroki, xalqimizning asosiy maqsad- muddaolari milliy istiqlol g‘oyasi asrlar davomida shakllangan ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanadi, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta'minlaydi.

Bu an'analarni yoshlar ongiga singdirib borish va bu borada ularning faolligini oshirish maqsadga muvofiqdir. Chunki, xalqaro maydonda nufuzi tobora yuksalib borayotgan mustaqil O‘zbekistonning tub islohotlaridagi bosh g‘oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu esa, o‘lmas e'tiqodimiz sifatida qon-qonimizga, ongu shuurimizga singib ketgan mana shu qutlug‘ zaminimizda tug‘ilib yashagan va muborak ilmu amallari qalbimizda cheksiz ehtirom uyg‘otganlarning sobitqadamlik bilan jismi ona zaminimizga qo‘nim topgan hamda ruhi-poklari tevarak-atrofimizda uchib yurgan joylarni hashar yuli bilan obodonlashtirish, ulug‘larning fazilatlari, madaniy merosini barqaror-barhayotlashtirish ajdodlar xotirasiga munosib ehtirom ko‘rsatish sharafli burchimizdir.

O‘zMTDP Bulung‘ur tuman

Kengashi raisi A.Shokirov

Ko‘proq yangiliklar: