Bild: Mourino «Manchester Yunayted» bilan 2019 yilgacha shartnoma imzoladi

Sport 14:12 / 17.04.2016 1017

Joze Mourino «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis angliyaliklar jamoasi bilan 2019 yilgacha bitim tuzgan. Kelishuv mavsum oxirida Lui van Gaal iste'foga chiqarilgach kuchga kiradi.

Qayd etilishicha, Mourino yangi jamoasida bosh murabbiy sifatidagi ilk maqsadi «PSJ»dan Zlatan Ibrahimovichni transfer qilish bo‘ladi.

Bundan oldinroq, ushbu shved futbolchisi «MYu»ga o‘tishga tayyorligi, lekin buning uchun van Gaal iste'foga chiqarilishi kerakligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: