Yaponiyaning janubi-g‘arbida yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida qurbonlar soni 41 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Qutqaruvchilar va harbiylar jabrlangan hududlar aholisiga yordam bermoqdalar. Qutqaruv operatsiyasi kuchli yomg‘irlar va tog‘li hududda yer ko‘chishi bilan murakkablashgan.
Ta'kidlanishicha, fojia joyida yuz minglab odamlar chiroqsiz va suvsiz qolmoqdalar. Jarohatlanganlarning umumiy soni 1,5 mingdan oshib ketdi.
Avvalroq, Kumamoto prefekturasi politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2-zilzila oqibatida 19 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan. Ikki kun ichida, ya'ni 15 va 16 aprelda halok bo‘lganlar soni 28 kishiga yetgan.