Rossiya chempionatining 24-turida Grozniyning "Terek" klubi o‘z maydonida "Krasnodar"ni qabul qildi va mavsumda o‘z maydonidagi birinchi mag‘lubiyatiga uchradi. Uchrashuv 0:1 hisobi bilan mehmonlar hisobiga yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona to‘pni Fyodor Smolov kiritdi va chempionat to‘purarlari bahsida peshqadam – "Spartak"ning hujumchisi Kvinsi Promes bilan tenglashdi – endi ikkala futbolchi hisobida 13 tadan gol bor.
Rossiya Premer-ligasi. 24-tur.
"Terek" — "Krasnodar" — 0:1
Gol: Smolov, 44 (0:1).
Ogohlantirish: Axmedov, 90 (Krasnodar)