Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni lavozimidan vitse-admiral Sergey Gaydukni bo‘shatdi. Bu haqda UNIAN axborot agentligi xabar bermoqda.
Bu haqda Poroshenkoning 15 apreldagi 161-farmonida aytilgan.
"Vitse-admiral Gayduk Sergey Anatolevich egallab turgan Ukraina harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni lavozimidan bo‘shatilsin", deyilgan farmonda.
Avvalroq Poroshenko Ukraina bosh prokurori Viktor Shokinni ham lavozimidan bo‘shatgandi.