O‘zbekistonda aliment to‘lovlari oshadi 

O‘zbekiston 12:31 / 24.09.2024 14711

O‘zbekistonda aliment to‘lovlari oshadi, deb xabar bermoqda O‘zA axborot xizmati. 

Majburiy ijro byurosi bo‘lim katta inspektori Hakimjon Ikromovga ko‘ra, aliment undiruvi 2024 yil 1 sentabrdan boshlab, qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, 1 oktyabrdan boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori 15 foizga, xususiy sektor va budjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari bo‘yicha to‘lanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.

2024 yil 1 oktyabrdan ishsiz aliment to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan aliment miqdori ham o‘rtacha 10 foizga oshadi.

Agar aliment to‘lovchi shaxs ishlamaydigan bo‘lsa yoki uning ish haqi va daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo‘lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori bo‘yicha hisoblab chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: