Poroshenko mart oyida Ispaniyada tansoqchilarsiz bir o‘zi dam olgani ma'lum bo‘ldi

Jahon 00:36 / 16.04.2016 2051

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 8 martda Ispaniyada hordiq chiqarayotganda payqalgani ma'lum bo‘ldi. U bir o‘zi, tansoqchilarisiz bo‘lgan, deb xabar bermoqda "Ukrainskaya pravda" nashri.

Ta'kidlanishicha, Poroshenkoni ispan shaharlaridan biridagi dorixonada ko‘rishgan. Nashrga Poroshenkoning suratlarini bergan guvohlarning aytishicha, u dorixonada vitaminlar va dori-darmon sotib olgan va u bilan ruschada gaplashmoqchi bo‘lishganda, oq rangdagi Porshe mashinasiga o‘tiirib, ketib qolgan. Poroshenko qo‘riqchilarsiz bo‘lgan.

Nashrning ta'kidlashicha, Poroshenkoning Ispaniyaning Marbelya shahrida villasi bor. U bu villani prezident bo‘lguncha sotib olgan. Biroq ma'lum qilinishicha, Poroshenkoning 2015 yil uchun topshirgan soliq deklaratsiyasida xorijda ko‘chmas mulki borligi ko‘rsatilmagan.

Poroshenko ma'muriyatida prezident mart oyi boshida Ispaniyaga xususiy tashrif bilan kelganini, biroq xavfsizlik nuqtai nazaridan bu haqda xabar berilmagani aytildi. Shuningdek, ma'muriyatda ta'kidlanishicha, Poroshenkoga jismoniy shaxs sifatida tegishli bo‘lgan barcha mol-mulk deklaratsiyada ko‘rsatilgan va daromad manbalari Ukrainada soliqqa tortilgan.

Ko‘proq yangiliklar: